O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Men vatanparvarman” loyihasining navbatdagi manzili Navoiy viloyati bo‘ldi.
Uch kun davom etgan tanlovlarda Uchquduq tumanida “Qulquduq”, Tomdi tumanida “Ayaqquduq” va Zarafshon shahrida “Daugiztau” o‘quvchi qizlar qamrab olindi.
Qizlarimizning ko‘rgazmali chiqishlari, badiiy sahna ko‘rinishlari, ijod namunalari, ayniqsa yuz-ko‘zlaridan ufurib turgan Vatanga muhabbat hisi hayʼat aʼzolarining ziyrak eʼtiboridan chetda qolmadi.
Jarayonda qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B.Kudratxodjayev tomonidan o‘quvchi qizlarning mahorati va bilimlari eʼtirof etilib, g‘olib va sovrindorlarga "O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori kubogi", diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.