UY HOVLISIGA EKILGAN 401 tup “KO‘KNORI” ANIQLANDI
Farg‘ona viloyatida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya va Qo‘qon shahar IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro A.O. ning Qo‘qon shahrida joylashgan yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda hovlisidagi tomorqada 401 tup “Qo‘knori” o‘simligi hamda 99 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinib, hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.