Amudaryo tumanida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ehson qutisini o‘marishga urungan bosqinchini qo‘lga oldi.
Joriy yil 1 dekabr kuni kechki soat 22:50 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “Qo‘riqlash” bo‘limining texnik qo‘riqlash punktiga tumanda joylashgan “Yusuf Eshon bobo” masjidi hududidagi signalizatsiya ishlaganligi haqida tashvish xabar kelib tushdi. Olingan xabar bo‘yicha Tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan zudlik bilan voqea joyiga chiqildi.
Voqea joyiga yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari buzilgan ehson qutilaridagi pul mablag‘larini olayotgan nomaʼlum shaxsga duch kelib, uni qo‘lga oldi.
Bosqinchilik harakatini amalga oshirgan shaxs Amudaryo tumani IIBga topshirilib, shaxsiga aniqlik kiritilganda gumonlanuvchi Gurlan tumanida yashovchi 31 yoshli M.M. ekanligi maʼum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Amudaryo tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.