Bektemir tumanida Milliy gvardiya xodimlari psixotrop va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasida gumon qilingan shaxslarni qo‘lga oldi
2024 yil 17 avgust kuni soat 00:30 larda Bektemir tumani “Food city” savdo majmuasi hududida xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan o‘zlarining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan 3 nafar fuqaro shaxsini aniqlashtirish uchun to‘xtatib tekshiriladi.
Tekshiruv davomida ushbu fuqarolar Toshkent shahrida yashovchi yigitlar 28 yoshli T. B, 25 yoshli O.Q hamda 28 yoshli O.P ekanligi aniqlandi.
Tintuv o‘tqazish vaqtida fuqaro O.P.ni yonidan 1 dona regapen psixotrop dorisi vositasi hamda 1,3 gr. og‘irligida jigarrang giyohvand modda topildi.
Ushbu fuqarolar tergovga qadar tekshiruv uchun Bektemir tumani IIBga olib kelinib, o‘rnatilgan tartibda topshirildi.