Buxoroda erkin kurash sport turi bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi
Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya “Dinamo” JTSJK hamkorligida Buxoro Olimpiya zaxiralari sport kollejida 2005-2010 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha "Buxoro open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada, respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar bilan birga, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan 600 nafarga yoqin yoshlar bellashishdi.
Ushbu musobaqalar 3 ta gilamda tashkil etilgan bo‘lib, musobaqa yakunida g‘oliblarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.