Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan "ENG YAXSHI KITOBXON" KO‘RIK tanlovining g‘oliblari aniqlandi.

Yoshlar va o‘smirlarning madaniyat, sanʼat, o‘qish, sport va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan "besh tashabbus" tadbirlari doirasida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Urganch shahrida joylashgan "Maxmud Az-Zamaxshariy" nomidagi viloyat kutubxonasida "Eng yaxshi kitobxon" ko‘rik tanlovining saralash (viloyat) bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Milliy gvardiyaga biriktirilgan maktab o‘quvchilari, Urganch Davlat universiteti talabalari ishtirokida o‘tkazilib, unda Urganch shahar 1-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘qituvchi va uquvchilari tomonidan ijro etilgan ashula va raqslar to‘plami yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech