Yunusobod tumanida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
13 dekabr kuni kechqurun Toshkent shahar IIBBdan tushgan tezkor xabarga ko‘ra Yunusobod tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun tergov organlaridan yashirinib yurgan Jizzax viloyatida yashovchi 40 yoshli I.E qo‘lga olindi.
Qo‘lga olingan shaxs o‘rnatilgan tartibda Yunusobod tumani IIBga topshirildi.