Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida yo‘l talashib janjallashgan haydovchining avtomashinasida psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi

Joriy yilning 23-mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi yangi qurilayotgan ko‘prik hududida jamoat tartibini saqlashga masʼul Milliy gvardiya xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda, soat 16.00 lar atrofida ko‘prik tagidagi kichik xalqa yo‘lida “Spark” va “Lacetti” rusumli avtomashinalari haydovchilari o‘rtasida yo‘l talashish oqibatida kelishmovchilik yuzaga kelib janjallashayotganliklarini ko‘rib qolishgan.

Milliy gvardiya xodimlari PPXga xabar qilgan holda voqea joyiga yetib borib fuqarolarni tinchlantirish choralarini ko‘rishgan. Shu paytda PPX xodimlarini uzoqdan kelayotganini ko‘rgan “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi mashinasining old qismidan o‘ziga tegishli bo‘lgan buyumlarni olib orqa yuk xonasiga joylashtirgan holda voqea joyidan ketishga va yashirinishga uringan.

Chaqiruvga asosan yetib kelgan PPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda avtomashina orqa o‘rindig‘idan qora paketga o‘ralgan 10 dona “Zardex” hamda 10 ta qutida “Regapen” jami 154 dona oq va qizil rangli psixotrop moddalari mavjudligi aniqlangan.

Yakkasaroy tumani IIO xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi fuqaro X.O. ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech