Navoiy viloyatida Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari ko‘p miqdordagi qora metall o‘g‘irlanishini oldini olishdi
Navoiy viloyati Karmana tumanida joriy yilning 15 iyul kuni soat 21:40 da “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan “Elektrokimyo” zavodi chiqish darvozasi oldida ikkilamchi qora metallurgiya mahsulotlarini noqonuniy olib chiqishga uringan “ISUZU” rusumli yuk avtomobili boshqaruvchisi to‘xtatildi. Haydovchining yuk uchun ruxsatnomasi borligi tekshirilganda yo‘q ekanligi aniqlandi. Tezkor tekshiruvga ko‘ra, fuqaro Z. A. zavodga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 26 million so‘mdan ortiq miqdordagi 13 tonnadan ziyod metallni noqonuniy olib chiqishga uringanligi maʼlum bo‘ldi.
Voqea joyiga Karman tumani ichki ishlar bo‘limining tezkor-tergov guruhi chaqirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.