Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiyaga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarida ham yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi

Kuni kecha respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiyaga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!" shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda boshlang‘ich sinflarga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilar katta xursandchiliklar bilan taʼlim dargohiga kirib kelishdi.

Tadbir avvalida masʼul rahbarlar o‘quvchi yoshlarni "Bilimlar kuni" hamda yangi o‘quv yili boshlanganligi bilan samimiy muborakbod etib, yoshlarni ilm olishdan hech qachon charchamay, vatanimiz kelajagi uchun munosib farzand bo‘lib yetishishlarida tilakdosh ekanligini bildirdi.

Shundan so‘ng, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashgan sinflar o‘quvchilari bilan suhbatlar tashkil etilib, o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘alari hamda kitoblar to‘plami topshirildi.

Text to speech