Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"Harbiy-vatanparvarlik oyligi" doirasida etnosport tadbirlari tashkil etildi

Joriy yilning 7 yanvar kuni Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida "Harbiy-vatanparvarlik oyligi" doirasida yoshlar o‘rtasida sportning kamondan otish, ot ustida kurash, jamoaviy uloq ko‘pkari, besh kurash, arqon tortish hamda stol tennis turlari bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqalari tashkil etildi. Yoshlarning qishki taʼtil kunlarini maroqli tashkil etish, ularni milliy sport o‘yinlarimizga jalb etish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda, 500 nafardan ortiq yoshlar munosib ishtirok etdilar. Qizg‘in bellashuvlarda yetuk iroda, chapdastlik, chavandozlik va merganlik mahoratini namoyish etib, g‘olib bo‘lgan sportchilar Milliy gvardiyaning kubogi, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech