Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya xodimlari giyohvand moddalar sotuvchisini ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishdi
2024 yilning 24 fevral kuni Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari “Gashish” giyohvandlik vositasi savdosini to‘xtatib qolishdi. Xodimlar Sho‘rchi tumanidagi Davlat xizmatlari Markazining avtoturargohida umumiy og‘irligi 6,56 gramm bo‘lgan “Gashish” uchun 2 million so‘m olayotgan mahalliy fuqaroni qo‘lga olishdi. Shaxsi aniqlangan mazkur fuqaro avval ham bir qator huquqbuzarliklar sodir etganligi sababli maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, hozirda ishsiz bo‘lgan U. S. ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlarni Bojxona qo‘mitasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi olib bormoqda.