Toshkentda Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari javobgarlikdan qochgan fuqaroni qo‘lga olishdi
Yashnobod tumanida 9 iyun kuni soat 10.00 da “Yangiobod” bozorida jamoat tartibini taʼminlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Mirobod tumani IIO FMB qidiruvida bo‘lgan 27 yoshli U. X.ni qo‘lga olishdi. Qo‘lga olingan shaxs qidiruv tashabbuskori bo‘lgan Yashnobod tumani IIO FMBga topshirildi.