Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi kuch tuzilmalari tasarrufidagi "Temurbeklar maktabi" o‘quvchilari o‘rtasida "Men g‘olib" shiori ostida 5000 metrga ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.

Mazkur marafon Milliy gvardiya tashabbusi bilan kuch tuzilmalari, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilib, unda ishtirokchilar jamoa bo‘lib g‘oliblik uchun kurashdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan jamoa eng qisqa vaqt ko‘rsatgichlari asosida aniqlandi.

Bellashuv natijalariga ko‘ra faxrli 3- o‘rinni DXX Temurbeklar jamoasi, 2- o‘rinni FVV Temurbeklar maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi. 5 km.ga ommaviy yugurish marafonning mutlaq g‘olibi deb Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi jamoasi topildi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, faol qatnashgan ishtirokchilar " G‘alabaga intilish" hamda " Ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgani uchun" nominatsiyalari bo‘yicha ham rag‘batlantirildi.

Text to speech