Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Mamadjonova Dilafro‘z Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tgan "Ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari" musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Kuni kecha Turkiya davlatida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi boshchiligida "Ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha 76 kg vazn toifasida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi Mamadjonova Dilafro‘z munosib ishtirok etdi. Musobaqa davomida safdoshimiz tez fursatda raqibasining yelkalarini yerga tekkizdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida faxrli sportchimiz sharafiga davlat madhiyasi yangrab, yurtimiz bayrog‘i yuksaklarga ko‘tarildi.
O‘zbekiston faxri-Dilafro‘z yana bir bora o‘zbekning mard, jasur va irodali ayollari qanday ekanligini isbotladi!