Xalqaro konferensiya doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Barchamizga maʼlumki, 15-16 iyul kunlari Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya dunyo hamjamiyati eʼtiborida bo‘ldi.
Yuqori saviyada tashkillashtirilgan mazkur konferensiyaning mazmun mohiyati respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilish va chuqur o‘rganish borasida siyosatshunos olimlar va siyosiy sharhlovchilarni jalb qilgan holda uchrashuvlar hamda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida o‘tkazilgan anjuman fikrimiz dalilidir. Ushbu tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, siyosatshunos ekspertlar ishtirok etib ular o‘z maʼruzalarida xalqaro anjumanning nufuzi va unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan harbiy xizmatchi va xodimlarga keng tushunchalar berdilar.