XIZMAT INTIZOMINI TAʼMINLASH MUHIM VAZIFA
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasida videoselektor tarzida, Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, harbiy qism hamda Qo‘riqlash bo‘linmalari mutasaddi rahbarlari, masʼul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov rahbarligida o‘tkazilgan uchrashuvda, tizimda tartib intizomni taʼminlash, qonunchilikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etildi.
O‘tgan davr mobaynida harbiy xizmatchilar va xodimlar tomonidan sodir etilgan xizmat intizomini buzish holatlari shuningdek, xizmatdan tashqari vaqtlarda qo‘ni-qo‘shnilar bilan o‘zaro (Namangan viloyati Pop tumanida Tepaqo‘rg‘on QFYda yashovchi fuqaro A.Abdiyevning shikoyat arizasi yuzasidan h/x B.G‘ulomovga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilganligi) munosabatlari aniq misollar orqali keltirib o‘tildi.
Bu kabi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsiy tarkib ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.