Xorazm va Andijon viloyatlarida ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Milliy gvardiya va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yu.” AJ inspektori M.P. fuqaro O.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Milliy gvardiyaga tizimiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.X. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni “I.I.” MCHJga ishga kiritib qo‘yish evaziga 9 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.