Xorijiy hamkor bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Milliy gvardiya tomonidan xorijiy sheriklar bilan o‘rnatilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash maqsadida doimiy ravishda turli darajadagi muzokaralar o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 20 fevral kuni Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan navbatdagi ana shunday tadbir tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayevning Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Timoti Torlot va Harbiy attashe podpolkovnik A.Xaytonlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va xavfsizlik sohalarida o‘rnatilgan do‘stona aloqalar borasida muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan britaniyalik xorijiy hamkorlar xavfsizlik sohasida o‘rnatilgan ikkitomonlama munosabatlar holati va kelgusi istiqbollari muhokama etildi.
Muloqot natijasida Tomonlar jamoat tartibini saqlash, ommaviy tartibsizliklarni oldini olish, terrorizmga qarshi kurash, muhim obyektlarni qo‘riqlash, shuningdek harbiy kadrlarni tayyorlash sohalaridagi kelgusi hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.