XOTIRA ABADIY - QADR MUQADDAS!
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik U.Azimov, Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i M.Muhsimov, shahar hokimiyati vakillari, IIB xodimlari hamda faxriylar tomonidan Komilon mahallasida istiqomat qiluvchi 98 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahmad bobo Jalilov xolidan xabar olinib, davlatimiz tomonidan ajratilgan 18 million so‘m pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ahmad bobo kabi qahramonlar butun insoniyat boshiga tushgan ofatni bartaraf etishga ulkan hissalarini qo‘shib, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirishdi.
Bizga jasorat hamda matonat namunalarini ko‘rsatgan, Vatan himoyasida fidoyilik ko‘rsatgan ota-bobolarimiz qahramonliklarini hech qachon unutmaymiz va ular bilan umrbod faxrlanamiz.