MAHALLALARDAGI PROFILAKTIK TADBIRLAR
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixolog mutaxassislari tomonidan hududlardagi jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida profilaktik ro‘yxatda turuvchi voyaga yetmaganlar hamda IIB probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar va shuningdek, mahallalardagi notinch oilalarni aniqlab, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda.
Xususan, kuni kecha Buxoro shahar “Navro‘z” MFYda tashkil etilgan ana shunday uchrashuvlar natijasida 2 nafar fuqaro hamda 1 nafar voyaga yetmagan fuqaro bilan individual tarzda suhbat tashkil etilib, muammolar tinglandi.
Taʼkidlash joiz, bugungi kunda Milliy gvardiya hamda hamkor idora va tashkilotlar birgaligida yo‘lga qo‘yilgan tizim orqali, muammolar koordinatsiyasi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga xabar berilib, bu esa o‘z o‘rnida muammolarni tezkorlik bilan yechimini topishiga sabab bo‘lmoqda.