Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 19 noyabr kuni respublikamiz bo‘ylab 16 ta shaharda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yugurish musobaqasi Nukus, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G‘uzor, Xiva va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tadi, ayni kunlarda tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Barcha shaharlarda yagona masofa 3 km, Toshkentda esa 3 km va 10 km. bo‘yicha yugurish musobaqalar o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi yugurish musobaqasida qatnashadigan yuguruvchilar va sportchilar uchun iticket.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud.

Text to speech