YO‘LOVCHI NARKOTIK MODDA BILAN QO‘LGA TUSHDI
Farg‘ona viloyatida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya, DXX va Ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uchko‘prik tumani hududida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi, fuqaro S.J.ga tegishli sellofan paket ichida 997 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda