Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

O‘quvchi yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Milliy gvardiya tizimlarida xizmat qilishga qiziqtirish va bosqichma-bosqich tayyorlab borish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Milliy gvardiya Toshkent Temurbeklar maktabida uch kun davomida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatidan bittadan va Sirdaryo viloyati Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidan bitta, jami 15 ta jamoa ishtirok etdi. 9-11 sinf o‘quvchilaridan shakllantirilgan jamoalar 10ta shart bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi. Ishtirokchilarni bir maqsad sari birlashtirgan ushbu harbiy-sport musobaqasining yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblarni taqdirlash marosimi Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Madaniyat saroyida tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev ishtirok etib, o‘quvchilarni mazkur tadbirda muvaffaqiyatli ishtirok etgani bilan tabrikladi va birinchi o‘rin g‘olibi bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidan tashrif buyurgan 18-maktab jamoasiga mukofotlarni topshirdi. Ularning har biri medal, diplom, kubok, qimmatbaho esdalik sovg‘alar va elektroskuter bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari bo‘lgan Navoiy shahar 1-maktab va Namangan viloyati Chortoq tumani 5-maktab jamoalariga hamda nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mutasaddilari va Respublika harbiy prokurori tomonidan sovrinlar g‘oliblarga taqdim etildi. Bundan tashqari, yutuqqa erishgan har uchala maktab jamoasining murabbiylari Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan I-II-III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xushovoz xonandalarining kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi. Bo‘lib o‘tgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasi nafaqat bellashuvlari bilan, balki o‘quvchilar uchun har kuni tashkil etilgan turli ekskursiya va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlari bilan ham ishtirokchilar yodida saqlanib qoladi.

Text to speech