YOSh OILALAR ISH BILAN TAʼMINLANMOQDA
Yurtboshimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning mamlakatimiz bo‘ylab ijrosi doirasida harbiy xizmatchilar, ehtiyojmand oilalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilishga doir har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Andijon viloyati Milliy gvardiya, prokuratura boshqarmalari, mudofaa ishlari bo‘limi va Bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va yaqinlarini ish bilan taʼminlash maqsadida Andijon shahrida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada 100 ga yaqin harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ishtirok etib, ulardan 10 nafari ish taklif qiluvchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa, 20 ga yaqin fuqarolar o‘z mutaxassiliklari bo‘yicha