"Yosh gvardiyachi" musobaqasining Namangan viloyati bosqichi
Yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruxida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, harbiy xizmatga bosqichma-bosqich tayyorlab borish, jasurlik, shijoat, jasorat, qatʼiyat, kuch-g‘ayrat, intizom, jamoatchilikka tayanish va boshqa tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida "Yosh gvardiyachi" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
O‘quvchi yoshlar faollik bilan 12 ta shart bo‘yicha bellashib, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqa yakunida hamkor tashkilotlar tomonidan faol ishtirok etgan jamoalarga hamda musobaqa g‘oliblariga diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.