Yoshlar bilan ishlash - ustuvor vazifa
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Bekobod shahri hududidagi otaliqqa olingan mahalla yoshlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan tadbirda mahalla yoshlari bilan ochiq muloqot tarzida suhbatlashib, Prezident tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil so‘zlab o‘tdi. Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari chuqur o‘rganilib, bir qator masalalar joyida bartaraf etildi. Yoshlar o‘zini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Tadbir so‘ngida yoshlar boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.