YOSHLAR – VATAN FAXR-IFTIXORIDIR!
Kelajak avlodni turli yot g‘oyalardan asrash, vatanparvarlik ruhida ulg‘ayishini taʼminlash, yurt shaʼnini ko‘kka ko‘taradigon farzandlar etib tarbiyalash maqsadida Namangan viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi harbiylari o‘quvchi yoshlarga alohida eʼtibor qaratib, maktablarda targ‘ibot tadbirlarini tashkillashtirmoqdalar. Bugun Chortoq tumani 5 -sonli ixtisoslashtirilgan taʼlim maskanida ham shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar Vatan himoyasi sharafli burch ekanligini taʼkidlash barobarida o‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javob berdilar.