YОSHLAR TARBIYASI SPORT BILAN
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda iqtidorli yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida qayta taʼmirlangan va zamonaviy jihozlangan sport zali yoshlar ixtiyoriga topshirildi.
Sport zalning tantanali ochilish marosimida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, Baxt shahar hokimi, sohaga oid mutasaddi rahbarlar hamda muassasaning o‘qituvchi va tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar barcha qulaylik va sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu majmuadan endilikda ko‘plab chempionlar yetishib chiqishiga ishonch bildirdilar.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Maʼnaviyat va maʼrifat markazi" ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.