YOSHLAR TARBIYASI – MILLAT KELAJAGI POYDEVORI
Ayni kunlarda “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirish borasida respublika bo‘ylab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan “SOS-O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun navbatdagi “ochiq eshiklar”kuni tashkil etildi. Harbiy qismda bo‘lib o‘tgan sayohatda 100 nafarga yaqin tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.
Yoshlar mayor J.Egamberdiyev rahbarligida Milliy gvardiya hududi bo‘ylab binodagi yaratilgan shart-sharoitlar, sport zallari, mini futbol maydoni va harbiy qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar. Masʼul shaxslar tomonidan yosh avlodga har bir harbiy qurollarning ishlash mexanizmi va vazifalari haqida asosiy tushunchalar berib o‘tildi.
Bu kabi uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilib kelinishi yoshlarimiz qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, kelajakda ona yurtiga fidoyi xizmat qiladigan komil insonlarni tarbiyalab yetishtirishga xizmat qilmoqda.