YOSHLARNING OT SPORTIGA BO‘LGAN QIZIQISHLARI ORTMOQDA
Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Peshko‘ tuman qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan ot sportining uloq turini rivojlantirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur musoboqaga hududning 15 nafar chavandozlari bilan birga 15 nafar harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek 80 nafardan ziyod uyushmagan yoshlar, mahalliy aholi vakillari hamda ot sporti ishqibozlari ishtirok etishdi.
Bellashuv so‘ngida, g‘oliblar Milliy gvardiya tuman bo‘limining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.