YОSHLAR BANDLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDA
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi,Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Urganch shahar bo‘limi bilan hamkorlikda Ot sporti manejida Urganch shahridagi “Mashʼal”, “Avesto”, “Istiqlol” va “Navbahor” mahallalaridagi uyushmagan yoshlarni Ot sporti va Kamondan otish sport turlariga qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida mahorat darslari o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar mazkur sport turlari bo‘yicha o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy mashg‘ulotlarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.