Yoshlar bandligini taʼminlash yo‘lida
Bektemir tumani Mirishkor mahallasida tuman hokimligi, axoli bandligini taʼminlash markazi va Milliy gvardiya hamkorligida vaqtincha ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash hamda malakali kadrlarni qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarka tashkil etildi.
Mazkur kurslarda yoshlar tikuvchilik, buxgalteriya, kompyuter operatori, elektromontyor va shu kabi ko‘plab boshqa kasblarda o‘qish va malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, yarmarkada tumandagi 15 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan 120 taga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Yarmarka davomida 60 dan oshiq yoshlar ishga yo‘naltirildi.
Tashkil etilayotgan bu kabi mehnat yarmarkalari bandligi taʼminlanmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni mehnatga bo‘lgan muhabbatini shakllantirishga xizmat qiladi.