Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yoshlarning yozgi taʼtil kunlari mazmunli o‘tmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Moddiy-texnik taʼminot markaziy bazasida “Yoshlar oyligi” doirasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

“Armiya-yoshlar nigohida” mavzusida bo‘lib o‘tgan ochiq eshiklar kuni munosabati bilan harbiy qism 200 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni o‘z bag‘riga chorladi.

Mazkur tadbir Chilonzor tumani hokimligi, tuman Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi hamda Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limlari va Toshkent shahri bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda tumanning umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari, akademik-litsey bitiruvchi yoshlari hamda “Samo” yoshlar ijod markazi aʼzolari va shuningdek mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir boshida so‘zga chiqqanlar “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlarimizga harbiy-vatanparvarlik ruhini yana-da to‘laroq singdirishga hamda ularning maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilganligini alohida taʼkidlab o‘tishdi.

Shuningdek, o‘z xizmat faoliyatini olib borish bilan birga sportning turli yo‘nalishlarida Jahon va Osiyo chempionligiga sazovor bo‘lgan ayol harbiy xizmatchilar ham yoshlarga maqsad sari intilishda o‘zining kerakli tavsiyalarini berdi.

Shundan so‘ng, “Samo” yoshlar ijod markazi tomonidan tayyorlangan konsert dasturiga navbat berildi. Markazning isteʼdodli ijodkorlarining Vatan haqida kuylagan qo‘shiqlari, ayniqsa, kichik yoshdagi bolajonlarning ijrosi tadbir ishtirokchilarida iliq taassurotlar qoldirdi. Taʼkidlash joizki, eng faol tadbir qatnashuvchilarining mutasaddilar tomonidan rag‘batlantirilishi ham ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatini yana-da rivojlantirishga turtki bo‘ladi.

Musiqiy chiqishlardan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy texnikalar hamda qurol aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda o‘quvchi-yoshlar mazkur mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Harbiy qismga uyushtirilgan sayohat davomida bo‘lsa muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir so‘nggida, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida sportning stol tennisi, shaxmat-shashka turlari hamda milliy o‘yinlarimizdan arqon tortish bo‘yicha o‘zaro bellashuvlar tashkil qilindi.

O‘ylaymizki, bugungi tadbir o‘quvchi-yoshlarning yozgi taʼtil davridagi vaqtlarini mazmunli o‘tishiga hamda beshta tashabbus yo‘nalishi bo‘yicha ularning qiziqishi yana-da ortishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Text to speech