101 YОSHLI FAXRIYIMIZ HOLIDAN XABAR OLINDI
Ikkinchi jahon urushi yillarida qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan, bugungi tinch, osoyishta kunlarimiz uchun aziz jonini fido qilgan, mard va jasur vatandoshlarimizning matonati, jasorati barchamiz uchun o‘rnakdir. Ularni qadrlash, eʼzozlash, hayotiy kechinmalarini yosh avlodga yetkazish, eʼtirof etish va ehtirom ko‘rsatish bugun barchamizning burchimizdir. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi oldidan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari hamda harbiy prokuratura vakili Termiz shahrida istiqomat qiluvchi 101 yoshni qarshi olgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Xurram ota Murtazoyev xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar olishdi.
Ota uchun shifokor ko‘rigi tashkil etilib, kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.