YOT G‘OYALAR GIRDOBIGA UCHRAGAN SHAXSLAR ANIQLANDI
Xorazm viloyati olingan xabarlarga ko‘ra IIB, DXX, Milliy gvardiya va MV xodimlari tomonidan tezkor-tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Shovot tumani Cho‘qli qishlog‘ida yashovchi 1991 y.t. fuqaro Ya.S. “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali mamalakatimiz hududida faoliyati taʼqiqlangan diniy ekstremistik oqimlar tomonidan «8-mart bilan tabriklagan odamning hukmi» nomli aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomaʼruzasini o‘zini yaqin tanishlariga tarqatib kelayotganligi aniqlandi.
Shu kabi holat, Yangiariq tumani Gulobod qishlog‘ida yashovchi 1989 y.t. fuqaro V.X. internet ijtimoiy tarmog‘ining “Telegram” messenjerida “Abdulhamid” nomli profil yaratib, ushbu profilda mamlakatimizda faoliyati taqiqlangan «Mahmud Abdulmo‘min», «Shayx Sodiq Samarqandiy» va boshqa norasmiy mualliflarning kanallariga aʼzo bo‘lib, ularning diniy mazmundagi maʼruzalarini tarqatish maqsadida telefon apparati xotirasiga yuklab olganligi aniqlandi. Shuningdek, “Telegram” messenjerida “Tavhid” nomli kanal va guruh tashkil etib, guruh aʼzolariga yuqoridagi norasmiy mualliflarning maʼruzalarini tarqatib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Bundan tashqari, V.X. “Telegram” messenjerida, «Muallimi soniy» nomli guruh ochib, guruhga aʼzo bo‘lganlarga diniy taʼlimdan saboq berib kelayotganligi aniqlangan.
Har ikkala holat yuzasidan tegishli tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.