O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizimdagi harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ishchi xizmatchilar o‘rtasida “Eng yaxshi harbiy qo‘shiq ijrochisi” tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

Mazkur tanlov harbiy-vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, intellektual va ijodiy salohiyatni yana-da rivojlantirish maqsadida harbiy xizmatchilar, xodimlar va ishchi xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazildi. Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 14 nafar ishtirokchi respublika bosqichiga yetib kelishdi. Ular ona-vatanni madh etuvchi hamda harbiylar to‘g‘risidagi qo‘shiqlarini tanlovda ijro etishib, o‘zaro ijodiy bellashishdi. Albatta har bir ijroning o‘ziga yarasha yutuq va kamchiliklari mavjud. Bularga esa Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi vakillari, shoir va kompozitorlaridan tashkil topgan hakamlar hayʼati tomonidan baho berildi.

Ijrochilar kundalik xizmatlaridan tashqari ijod bilan shug‘ullanib, sanʼatga oshno bo‘lganligi, kuylagan ashulalarining dilga yaqinligi bilan tomoshabinlarda katta taʼsirot qoldirdi. Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib ravishda rag‘batlantirildi.

Shuni taʼkidlab o‘tishimiz kerakki, mazkur tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar kelgusida Qurolli kuchlar tuzilmalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ko‘rik-tanlovlarda qatnashishadi.

Text to speech