Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi» ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi

Bugun Milliy gvardiya Toshkent shahar Qo‘riqlash bosh boshqarmasida tizim harbiy xizmatchi va xodimlari, taʼlim muassasalari o‘quvchilari, kursantlar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, marosimda Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik S. Mamayusupov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼnaviyat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori J.Shermuxammedova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M. Valiyev va - Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i F.Batirovlar ishtirok etdi.

Dastavval davlat madhiyasi yuksak faxr bilan ijro etildi va shundan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nutq so‘zladi.

U o‘z nutqida davlatimiz Rahbarining “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir” so‘zlari dasturi amal sifatida qabul qilinib, tizimda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni yuksak maʼnaviyat sohibi hamda ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotganligiga urg‘u berdi.

Shundan so‘ng, qo‘mondon o‘rinbosari tomonidan Qurolli Kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchi va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida taʼsis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi» ko‘krak nishonlari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.

Shu bilan birga, armiya va xalq birligini taʼminlashda faol hamkorlik qilgan davlat tashkilotlari vakillari, xususan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Alisher Navoiy Milliy kutubxonasi, Madaniyat vazirligi, Guliston Davlat universitetining masʼul xodimlari ham tadbirda munosib taqdirlandi.

Ishonamizki, maʼnaviyat sohasida amalga oshirilayotgan ezgu saʼy-harakatlar kelgusida harbiy xizmatchi va xodimlar, ayniqsa, yoshlar bilan o‘tkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samarasi va taʼsirchanligini oshirishga hamda ularni yuksak maʼnaviyatli vatanparvar xodim sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Text to speech