O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasi va referendumning mazmun-mohiyati"mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirga Nukus, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent shaharlardagi mintaqaviy o‘quv markazlaridan tinglovchilar video-konferens-aloqa orqali onlayn ishtirok etdilar.
Suhbat davomida Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professor - o‘qituvchilari tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar maʼruzachilardan Bosh qomusimizdagi yangi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.