Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida "Globallashuv jarayonlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalari" mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Zomin tumani hokimining o‘rinbosari, Zomin tumani Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi tezkor vakili, o‘quv markazida tahsil olayotgan inkassatsiya xizmati va boshqa tashkilotlarlar xodimlari, shaxsiy tarkib hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazildi.
Kun mavzusiga doir maʼruzalari bilan ishtirok etgan masʼul vakillar tomonidan bugungi kunda hayotimizda ijtimoiy, siyosiy, madaniy va maʼnaviy sohalarda keng qo‘llanilayotgan globallashuv tushunchasi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
Suhbat yakunida tinglovchilarning barcha savollariga batafsil javoblar berildi.