Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDAGI IJODIY UCHRASHUV

Harbiy hamkorlik doirasida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy apparati bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya Uels malikasi Qirollik polk orkestri harbiy dirijyori podpolkovnik Ueyn Xopla ishtirokida Milliy gvardiya harbiy musiqa tuzilmalari jamoasi uchun ijodiy mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbir yangi ochilgan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bo‘lib o‘tdi.

Harbiy dirijyorlar mayor R. Asfandiyarov va podpolkovnik U. Xoplalar boshchiligidagi Alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestri harbiy yurishlar va boshqa musiqiy kompozitsiyalar mavzusidagi improvizatsiyalarni ijro etdi.

Ushbu madaniy tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi va Milliy gvardiyaning "Temurbeklar maktabi" Toshkent harbiy-akademik litseyi talabalari ishtirok etdi.

Orkestrlarning ijodiy uchrashuvi tomonlarga keyingi o‘zaro munosabatlar istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tantanali tadbirlarni o‘tkazishda amaliy tajriba almashish imkonini berdi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech