Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY SOHADA YANGI XALQARO ALOQALAR O‘RNATILMOQDA

Joriy yilning 5 may kuni Ozarbayjon Respublikasi IIV Ichki qo‘shinlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillarining Ozarbayjon Respublikasi IIV Ichki qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari general-mayor V. Aliyev bilan videokonferensaloqa ko‘rinishidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida, bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro aloqalar do‘stona, o‘zaro manfaatli va keng ko‘lamda ekanligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, har ikki tashkilotning faoliyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Videomuloqot do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Text to speech