Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

QO‘L JANGI MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISh BORASIDA XALQARO HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi va o‘z-o‘zini himoya qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, xalqaro tajriba asosida, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda  Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining maxsus va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilning 13 - 20 sentyabr'  kunlari Toshkent shahrida Belarus' Respublikasi PTK Batikan sport klubi vakillari ishtirokida Filippin amaliy jangovar tizimining "Pekiti Tirsiya Kali" turini o‘rganish bo‘yicha sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida o‘quv-seminar tashkil etilib, ushbu jangovar tizimning asosiy metodlari hamda mazkur yo‘nalishdagi o‘quvlarning ilg‘or usullarini o‘rganish va qo‘llash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.

O‘quv-seminar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djuraev "PTK Vatikan" sport klubi vakillari bilan uchrashdi va "Pekiti Tirsiya Kali"Jahon tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv an'anaviy tarzda, iliq va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi.

Text to speech