Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondonining AQSH Kongressi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

23 avgust kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayevning  kongressmen Trent Kelli va Darin Laxudlar  boshchiligidagi AQSH Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasining AQSH tomoni bilan harbiy hamkorligi, shu jumladan AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil mart oyida AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor J.Boylzni O‘zbekistonga tashrifi davomida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

O‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida shu kunga qadar bir qator o‘quvlar va amaliy treninglar muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari AQSH mutaxassislari ishtirokidagi o‘quv kurslari va seminarlarda malakalarini oshirganligi taʼkidlab o‘tildi.

Uchrashuv davomida, jamoat tartibini saqlash, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlarni oldini olish, harbiy kadrlarni tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Tadbir do‘stona va ishchan muloqot ruhida o‘tdi. 

 

Milliy gvardiya

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech