Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Fransiya Respublikasi Jandarmeriyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi vakillarining O‘zbekiston Respublikasidagi Fransiya mudofaasi masalalari bo‘yicha Attashesi podpolkovnik Jan-Mari Xolsinger bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, 2021 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini muhokama qildilar.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Text to speech