Milliy gvardiya qömondoni World Police Summit doirasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Joriy yilning 16–18 noyabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida 5-Butunjahon politsiya sammiti (World Police Summit) bölib ötdi.
Nufuzli xalqaro tadbirda Milliy gvardiya qömondoni general-polkovnik B.Taşmatov iştirok etdi.
Sammitda 110 dan ortiq davlat vakillari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari, politsiya mutaxassislari hamda xavfsizlik sohasi ekspertlari jamlandi.
Tadbir doirasida xalqaro politsiya hamkorligini rivojlantiriş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, kiberjinoyatçilik va uyuşgan jinoyatchilikka qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, iştirokçilar ilğor tajriba almaşiş, innovatsion yeçimlar bilan tanişiş va istiqbolli hamkorlik yönalişlarini belgilaş imkoniyatiga ega böldilar.
Taşrifning ikkinçi kuni Özbekiston Milliy gvardiyasi qömondoni Birlaşgan Arab Amirliklari Boş vaziri örinbosari, Içki işlar vaziri general-leytenant şayx Sayf bin Zoid Ol Nahayyan hamda Dubay politsiyasi bosh qömondoni Abdulla Xalifa Al-Marri bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, jangovar va maxsus tayyorgarlik, kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt, uçuvçisiz uçiş apparatlarini boşqariş hamda ularga qarşi kuraşiş yönalişlarida özaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, ikki idora örtasida qöşma öquv maşğulotlari va amaliy tadbirlarni muntazam taşkil etiş böyicha hamkorlikni rivojlantirişga kelişib olindi.