Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

KOREYa RESPUBLIKASI BILAN XALQARO HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

O‘zaro erishilgan kelishuvga muvofiq, joriy yilning 16-20 iyun kunlari Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligining Bosh komissari Kim Chang Yong boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Mazkur tashrif davomida yuqori martabali mehmon va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayevlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona muloqot o‘rnatilganligi, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanayotganligi hamda ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani taʼkidlandi.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati to‘g‘risida fikr almashdilar, shuningdek, xavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Shu kunning o‘zida Milliy gvardiya va Koreya Milliy politsiya agentligi, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik hujjatlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, xavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Koreya milliy politsiya universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumlari imzolandi.

Tadbir yakunida idoralar rahbarlari ishtirokida brifing o‘tkazilib, unda idoralararo hamkorlikni rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Shu bilan birga, tashrif dasturi doirasida Koreya delegatsiyasi Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar taʼlim muassasalarining infratuzilmasi, o‘quv faoliyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va harbiy tuzilmalar uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishdilar.

 

Text to speech