Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

TURKIYA JANDARMERIYASI DELEGATSIYASINING O‘ZBEKISTONGA TASHRIFI

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, armiya generali A. Chardakchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif "Yangi O‘zbekiston" istirohat bog‘i hamda Mustaqillik monumenti bilan tanishishdan boshlandi.

So‘ngra, Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar o‘zaro fikr almashib, ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda yaqin istiqboldagi amaliy hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni, armiya generali A. Chetinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida kadrlar tayyorlash, qo‘shma amaliy tadbirlar, seminar va treninglar tashkil etish sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tashrif dasturiga ko‘ra delegatsiya aʼzolari "Temurbeklar maktabi", Toshkent harbiy-akademik litseyi faoliyati va o‘quv jarayoni bilan tanishdilar va shu bilan bir qatorda, Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Kavaleriya eskadronida bo‘ldilar.

Bundan tashqari, mehmonlar "Ming O‘rik" arxeologik muzeyiga ham tashrif buyurib, O‘zbekiston Davlat sanʼat muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdilar.

Delegatsiya aʼzolarining tashrifi anʼanaviy do‘stona muhitda, ishonch va o‘zaro hurmat ruhida bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech