Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 8 aprelь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni general-mayor R.Djuraev Qozogʼiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bosh qoʼmondoni general-leytenant R.Jaksilikov bilan videokonferents aloqa orqali muloqoti boʼlib oʼtdi. 

Muloqot davomida Tomonlar mamlakatlarimiz oʼrtasidagi yaqin qoʼshnichilik va koʼp asrlik doʼstona aloqalar hozirgi vaqtda strategik sherikchilik munosbatlari darajasida rivojlanib borayotganligini taʼkidlab oʼtdilar.

Shuningdek, Oʼzbekiston va Qozogʼiston Respublikasi Milliy gvardiyalari oʼrtasida qalin hamkorlik aloqalari oʼrnatilganligi va oʼtgan davr mobaynida bir qator qoʼshma tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi qayd etildi.

Onlayn muloqot davomida oʼzaro hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yoʼnalishlari xususida fikr almashildi.

Doʼstona va samimiy muloqot ruhida oʼtgan uchrashuv yakunida Tomonlar oʼzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, turli darjadagi tajriba almashinuv tashriflarini, shuningdek birgalikda qoʼshma amaliy tadbirlarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.

Text to speech