Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi prezidentining minnatdorchilik nomasi

Xurmatli Rustam Mirzayevich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi"Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmoni ijrosini taʼminlash hamda yurtimizda kikboksing sport turini ommalashtirishda Milliy gvardiya yordamida 2022 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi Milliy gvardiyaning bevosita ko‘magida yil davomida yurtimizning turli viloyatlarida 5 ta mahalliy chempionat va kubok musobaqalari, iyun-iyul oylarida esa poytaxtimizda "Uzbekistan Open II‘ xalqaro turnirini yuqori saviyada tashkil etildi.

Turkiyaning Konya shahrida 2022 yil 9-18 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan V-Islom birdamligi o‘yinlarida yurtimizning 29 nafar kikboksing ustalari 21 ta medalga (2 ta oltin, 7 ta kumush, 12 ta bronza) ega chiqishdi.

Italiyaning Jesolo Lido (Venetsiya) shahrida 2022 yil sentyabr-oktyabr oylarida tashkillashtirilgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida 43 nafar kikboksingchilar 26 ta medalni (4 ta oltin, 7 ta kumush, 15 ta bronza) qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Taylandning Bankok shahrida 2022 yil 10-18 dekabr kunlari o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 22 nafar sportchimiz 24 ta medalga (10 ta oltin, 9 ta kumush, 5 ta bronza) sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2022 yilda Hindiston, Qirg‘iziston, Turkiya davlatida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrog‘i bir necha bor balandlarga ko‘tarildi.

Alohida taʼkidlash joizki, 2021 yilda kikboksing bilan shug‘ullanayotganlar soni 21100 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu raqamlar 24820 tani tashkil etib, shug‘ullanuvchilar soni 2021 yildagidan 3720 nafarga ko‘paydi.

Yuqorida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar WAKO xalqaro kikboksing tashkiloti prezidenti R.Bekker tomonidan ham yuksak darajada eʼtirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov nomiga 2022 yil 17 dekabrda minnatdorlik xati yuborildi.

Aytish joizki, mazkur natijalarga Milliy gvardiyaning tashkiliy ishlardagi yordamisiz erishib bo‘lmasdi va buning uchun Assotsiatsiyamiz nomidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga cheksiz hurmatimizni izhor etamiz.

O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi joriy yilda ham Milliy gvardiya bilan hamkorlikda sport rivoji uchun ishlab yuksak natijalarni ko‘rsatish

va mamlakatimiz bayrog‘ini jahon arenalarida g‘oliblar qatorida o‘rin tutishiga erishishga umid bildiradi.

Hurmat bilan,                                                                                                                                                                                                                                      A.Xodjayev

Text to speech